calendar 01 Mart 15:26

Poytaxtda “Yashil yillik” umummilliy tadbiri ko‘tarinki ruhda boshlandi

Xabaringiz bor, Prezidentimizning xayrli tashabbusi bilan bugun, 1- martdan boshlab mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlandi. Erta tongdan yurtimizning barcha hududlarida ezgu niyatlar bilan ko‘chat ekish kirishildi. Xuddi shunday poytaxtimiz Toshkent shahrida ham bu xayrli tadbir ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda.

Bosh shahrimizning Uchtepa tumanidagi “Tepaqo‘rg‘on” mahallasi hududida  tashkil qilingan ana shunday tadbirda mahalla faollari, faxriylar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

 

Mazkur xayirli ishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spekiri o‘rinbosari X. G‘afforov hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N.Oblomuradov ishtirok etib, yurtimizni yashillik diyorga aylantirishda ushbu umummilliy tadbirning ahamiyati katta ekanini ta’kidlab o‘tishdi. 

Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish fasli bo‘lgan bahorning birinchi kuni “Tepaqo‘rg‘on” mahallasida yaqqol sezildi. Ko‘chat ekish tadbiri davomida mahalladagi yo‘lak va ariqlar tozalanib, hududda yashovchi aholiga birinchi kundan bahor kayfiyati kirib bordi.

Bu kabi ezgu tadbirlar poytaxtimizning boshqa hududlarida ham qizg‘in davom etmoqda.

 

O’zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

birds birds