calendar 02 Noyabr 07:13

Agar xazonlar, o‘simlik poyalari va ularning qoldiqlari orasida polietilen plyonka qoldiqlari va baklajkalar mavjud bo‘lsa, qo‘shilib yonishi natijasida bundanda zaharliroq moddalar hosil bo‘ladi

Xazonlar va boshqa chiqindilarni yoqish orqali uglerod, azot, azot-2 oksidlari, polisiklik aromatli uglerodlar, benzapiren dioksin, dibenzofuran, oltingugurt oksidi, fosgen kabi inson sog‘ligi uchun o‘ta zararli bo‘lgan zaharli moddalar atmosfera havosi tarkibiga qo‘shiladi.

 

Agar xazonlar, o‘simlik poyalari va ularning qoldiqlari orasida polietilen plyonka qoldiqlari va baklajkalar mavjud bo‘lsa, qo‘shilib yonishi natijasida bundanda zaharliroq moddalar hosil bo‘ladi. 

 

Xazonlar, o‘simlik poya-lari va ularning qoldiqlari yoqilgan hududlarda yer unumdorligi keskin pasayadi, tuproq tarkibi buziladi, olovning yuqori harorati tufayli zamindagi makro va mikro elementlar yo‘qoladi. 

 

Oqibatda, ekin maydonlarining ball boniteti keskin pasayadi va bu joylarda uzoq vaqt o‘simlik o‘smaydi. Bas, shunday ekan, daraxtlar bargini yoqib yubormay, bir joyda to‘plab, maxsus chiqindi xonalarga eltib tashlashni tashkil etish zarur. 

 

Zero, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish barchamizning burchimizdir.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati.

birds birds