calendar 29 Iyul 11:35

Kiritilayotgan o‘zgarishlar inson huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini ulug‘lashga xizmat qiladi

O‘tgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida tub o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu esa Bosh qomusimizda “Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” tamoyillarini mustahkamlash, turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon bo‘lishini ta’minlash, xususiy mulk daxlsizligini, yerga egalik qilish huquqini, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarish, davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarbligini ko‘rsatmoqda, deya ta’kidlandi Andijon qiloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida bo‘lib o‘tgan tadbirda.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘zbek Yusupovlar ishtirok etgan tadbirda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, unda bo‘layotgan o‘zgarishlar, eng avvalo, inson huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini yuksaltirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, ilm-fan sohalarini taraqqiy ettirish, ekologik huquqlar va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi masalalarga e’tibor qaratilgani bilan ahamiyatli ekani aytildi.

Yangi qonun loyihasida O‘zbekiston huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy demokratik davlat sifatida belgilanayotgani, fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan, aholining ehtiyojmand qatlamlarining huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirishi tushuntirib o‘tildi.

birds birds