calendar 22 Oktabr 14:57

Narzullo Oblomurodov: Atmosfera havosi muhofaza qilinadi

Nomzod Narzullo Oblomurodov uchrashuvda inson hayoti uchun eng muhim omil bo‘lgan atmosfera havosini muhofaza qilish, uning sifat ko‘rsatkichlarini ekologik normativlarga muvofiqligini ta’minlash masalasiga ham batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, joylarda atrof-muhitni me’yoridan ortiq ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash orqali ularning texnologik jarayonlarini modernizatsiya qilish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish;

 

atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday xo‘jalik faoliyati turlarini ifloslantiruvchi moddalarni tozalash uskunalari bilan jihozlanmasdan loyihalashtirishni ta’qiqlash;

 

atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday xo‘jalik faoliyati turlarini ifloslantiruvchi moddalarni tozalash uskunalari bilan jihozlanmasdan loyihalashtirishni ta’qiqlash;

 

yirik va sanoati rivojlangan shaharlarda atmosfera havosiga chiqarilayotgan uglerod, azot birikmalari, metan va boshqa gazlar chiqarilishini hamda chang miqdorini 1,5 barobarga kamaytirish choralari ko‘rilishi nomzod tomonidan yana bir bor e’tirof etib o‘tildi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds