calendar 29 Iyul 06:03

Yarim yillik sarhisob qilinib galdagi vazifalar belgilab olindi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kamol Jumaniyozov O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkilotixodimlari, tuman (shahar) Kengashlari raislari ishtirokida partiya faoliyatini rivojlantirish, belgilab berilgan vazifalar ijrosi, “Yashil makon” umummilliy loyiha doirasida jamoatchilik nazorati bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yigilishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi  tuman (shahar) partiya tashkilotlari tomonidan  o‘tgan olti oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar va oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha so‘z yuritildi.

Jumladan 2022-yil “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarining bugungi kundagi holati, partiya faoliyati samaradorligini oshirish, boshlang‘ich partiya tashkilotlari tuzish, hududlarda ekologik muammolarni o‘rganish, targ‘ibot tadbirlarida partiyaning maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazish kabi masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

birds birds