calendar 27 Iyun 08:05

Yangihayot tumanida mahalla ahlining fikr mulohazalari tinglandi

Joriy yilning 25 iyunь kuni Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Yangihayot tumani partiya tashkiloti tomonidan tumandagi “Olchazor” MFY majlislar zalida Oʼzbekiston Respublikasi Konstituttsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisidagi Konstituttsiyaviy qonun loyihasini muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

 


Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi va Yangihayot tumani Kengashi vakillari, “Olchazor” mahallasi faollari va ahli, hamda Ekopartiya aʼzolari ishtirok etdilar.

 


Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nosirjon Аminov va Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi raisi oʼrinbosari Ismoil Sagdullaevlar tomonidan Konstitutsiyaviy islohotlar islohotlar natijasida xalq bilan davlat oʼrtasidagi muloqot yangi bosqichga chiqqani, Bosh qomusimizga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha aholining barcha qatlamlaridan taklif-mulohazalar soʼralayotgani, qonun loyihasida ularning fikrlari inobatga olingani taʼkidlab oʼtildi.

 


Uchrashuv davomida ishtirokchilarning Konstitutsiyaviy islohotlar boʼyicha  fikr-mulohazalari tinglandi. 

 

Oʼzbekiston Ekologik partiyasi 

Yangihayot tumani partiya tashkiloti

birds birds