calendar 28 Iyul 06:57

Murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilmokda

Kundan-kunga ekologik muammolar avj olib bormoqda. Shu bois ko‘pgina mamlakatlar ekologik muammolarni bartaraf etish, tabiat muvozanatini saqlab qolish, uni kelgusi avlodga bezarar yetkazishga qaratilgan loyihalarni kiritib borishmoqda.

Poytaxtimizda ham atrof-muhit ozodaligini saqlashga doir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kuni kecha Yashnobod tumani Alimkent 1-tor ko‘chasida  ekologik holatni monitoring qilish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yashnobod tumani partiya tashkiloti raisi Sherzod Annakulov, Xalk deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari Viktor Adilov, Alisher Kerimov va tuman hokimligi vakillari birgalikda aholi bilan uchrashib, suhbat o‘tkazishdi.

Uchrashuv davomida tumandagi barcha ekologik muammolar, aholini qiynab kelayotgan kamchiliklar to‘g‘risida so‘z yuritilib, hududda maxsus chiqindixona yetishmasligi, natijada chiqindilar belgilanmagan joylarga tashlab ketilayotgani va ayniqsa, yozning issiq kunlarida ulardan chiqayotgan badbo‘y hid atrofga zararli mayda hasharotlarni to‘playotganini bildirildi.

Ishchi guruh a’zolari aholiga qulay joydan maxsus chiqindixona barpo qilishga dalolatnoma tuzib, Davlat yer-mulk va kadastri Yashnobod tumani boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi, natijada masalaga oydinlik kiritish uchun 10 ish kuni belgilandi va bu haqda aholiga tushintirish ishlari olib borildi.

birds birds