calendar 30 Iyul 12:23

Milliy gvardiya xodimlari Konstitutsion qonun loyihasi muhokamasida

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev ishtirokidagi Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan navbatdagi tadbir Farg‘ona viloyatidagi Milliy gvardiya bo‘limida tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan A. Hamzayev hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ravshanbek Begmatovlar Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, yurtimizda olib borilayotgan konstitutsion islohotlar, ushbu ezgu ishlarning xalqimiz turmush farovonligi yo‘lidagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Ta’kidlanishicha, fuqarolarimiz tomonidan Bosh qomusimizga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha faol tarzda takliflar bildirilmoqda. Ushbu takliflarda inson huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini yuksaltirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, ilm-fan sohalarini taraqqiy ettirish, xususiy mulk daxlsizligini yanada mustahkamlash, ekologik huquqlar va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha bir qator taklif va fikrlar bildirildi.

birds birds