calendar 14 Iyul 12:11

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasida

Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman partiya tashkiloti tomonidan “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi doirasida “Konstituttsiya – demokratik va adolatli jamiyat qurishning muhim asosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

 

Tadbirda qonun loyihasining mazmun-mohiyati, Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartirishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʼzgartirishlar fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan, aholining ehtiyojmand qatlamlarining huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlab oʼtildi.

birds birds