Yoshlar kelajak ekologiyasi bunyodkori bo‘lmog‘i lozim
Shuningdek, bugun Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-son Akademik litseyda partiya rahbari A. Xamzayev ishtirokida yoshlarning ekologik bilimlarini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida ishtirokchilarga bugungi kunda olib borilayotgan ekologik loyihalar, ularning mazmun-mohiyati, yosh avlodda ekologik bilimlarni shakllantirish, ularda Ona tabiatga nisbatan mehr uyg‘otish masalalari, bu borada Ekopartiya tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
— Ekologik muammolarga qarshi kurashish va ularni oldini olishda yoshlarimizning o‘rni katta. Kelajakda yaxshi ekologik muhitga erishish uchun bugun yoshlarimiz ekologik bilimga ega bo‘lishi va har bir ekologik masalalarga bee’tibor bo‘lmasligi lozim, — dedi A. Xamzayev.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan pedagog hamda talaba yoshlarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.